Ispaniyaning Marca nashri «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri transferi amalga oshmagach, «Real»ning tayanch yarimhimoya chizig‘idagi rejalariga oydinlik kiritdi.
Manbaga ko‘ra, Rodri transferining amalga oshmagani Madrid klubining rejalarini o‘zgartirmaydi. Ushbu pozitsiyada portugaliyalik Bernardu Silva uchun imkoniyat ko‘rilmoqda. Shuningdek, Arda Guler va Tiago Pitarch kabi futbolchilarning ushbu pozitsiyadagi salohiyati ham yuqori baholanmoqda.
Marca ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» yarimhimoyachisi Martin Subimendi bilan qiziqish haqidagi xabarlar asossiz. Rodri transferining amalga oshmagani «Real» boshqa futbolchini darhol xarid qiladi degani ham emas.
Klubning yana bir yarimhimoyachi transfer qilishi markazdagi futbolchilarning ehtimoliy ketishiga bog‘liq. «Real» Federiko Valverde, Orelyen Chuameni va Eduard Kamavinga bo‘yicha so‘rovlar olgan. Valverde barcha takliflarni rad etgan, Chuameni va Kamavingaga esa Angliyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
«Real» ushbu ikki fransiyalik futbolchiga ishonch bildirmoqda. Biroq ulardan biri jamoani tark etsa, Madrid klubi yana bir yarimhimoyachi xarid qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rodri «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tishga yaqin turibdi.