Joze Mourinio “Real” Madridda o'zining dastlabki ikki talabini amalga oshirmoqda: transfer siyosatida so'zi o'tishi va klubdagi ierarxiyaga qat'iy rioya qilinishi.
AS nashrining yozishicha, portugalijlik mutaxassis qaror qabul qilishda boshqalarning fikrini eshitadi, ammo yakuniy tanlovni o'zi amalga oshiradi.
Mourinio jamoga qaytish arafasidayoq klub rahbariyatidan transfer siyosatida faol ishtirok etish imkoniyatini so'ragan edi. May oyi oxirida u rahbariyatga jamoga kerak bo'lgan futbolchilar profili aks etgan texnik hisobot ham taqdim etgan. Unda aniq nomlar emas, balki har bir pozitsiya uchun qanday xususiyatlarga ega futbolchilar zarurligi ko'rsatilgan.
Transferlar masalasida murabbiyning ta'siri allaqachon sezilmoqda. Rodri bilan bog'liq rejalar amalga oshmagani “Real” uchun jiddiy yo'qotish bo'lgan bo'lsa-da, Mourinio klubning harakatlarini qo'llab-quvvatlagan. Vinisius Juniorning jamoda qolishi va Tiago Pitarchning tarkibda saqlab qolinishiga oid masalalarda ham uning fikri inobatga olingan.
Portugalialik murabbiy akademiya tarbiyalanuvchilari bilan ishlashda ham qarorlarni shaxsan qabul qilmoqda. “Mourinio nima deydi?” degan savol “Real” yosh futbolchilari orasida tez-tez yangrayotgani aytilmoqda. U mashg'ulotlarga chaqiriladigan futbolchilarni ham umumiy ehtiyojdan kelib chiqib emas, shaxsan o'rganib, tanlamoqda.
Mourinioning ta'siri mashg'ulot jarayonida ham yaqqol ko'rinadi. Jamoda jismoniy tayyorgarlikka katta e'tibor qaratilmoqda, ikki mahalik mashg'ulotlar odatiy holga aylangan. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassislar Antonio Pintus va Mourinio bilan birga kelgan Antonio Dias futbolchilarning yuklamalarini nazorat qilmoqda.
Bundan tashqari, murabbiy ovqatlanish, jarohatlardan tiklanish, mashg'ulotlarga o'z vaqtida kelish va jamoaviy ovqatlanish kabi kundalik jarayonlarga ham yangi tartib joriy etgan. Bu kabi ishlarni murabbiylar shtabi yuritadi, ammo yakuniy nazoratni o'z qo'lida saqlab qolmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi