"Barselona" klubi "Manchester Siti"da to'p tepayotgan ispaniyalik yarimhimoyachi Rodrini sotib olish bo'yicha uchinchi taklifni berishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" kataloniyaliklarning dastlabki ikki taklifini — mos ravishda 50 va 60 million evroni rad etgan. Klublar yana to'g'ridan to'g'ri muzokaralarni davom ettiradi. Ta'kidlanishicha, APL klubi Rodri uchun kamida 80 million evro olishni istamoqda.
Angliya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 30 yoshli yarimhimoyachi 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urg'an. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 5 ta bahs ham bor.
"Barselona" Rodri transferi uchun uchinchi taklifni tayyorlamoqda
Futbol
14 avgust, 05:32
Avvalgi ikki taklif "Manchester Siti" tomonidan rad etilgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi