Bugun
29
O'zbek

Kerrik: «Reshford — bizning futbolchimiz. U jamoa oʻyiniga yangilik olib kira oladi»

Futbol
14 avgust, 04:25
«MYU» bosh murabbiyi ijaradan qaytgan hujumchi haqida fikr bildirdi.
Kerrik: «Reshford — bizning futbolchimiz. U jamoa oʻyiniga yangilik olib kira oladi»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Markus Reshfordning klubga qaytishi haqida fikr bildirdi. O‘tgan mavsumda hujumchi «Barselona» safida ijara asosida to‘p tepdi.

The Athletic nashri ta’kidlashicha, mankunianliklar ustozi angliyalik futbolchining bu yozda «Yunayted»da qolish-qolmasligini tasdiqlashdan bosh tortdi.

«Markus — bizning futbolchimiz va u boshqalar qatori jamoaning bir qismi. U safimizga qo‘shildi va juda yaxshi mashg‘ulot o‘tkazdi. Uni anchadan beri, boshqa ayrim futbolchilar kabi yaxshi bilaman. Shuning uchun unga boshqalardan farqli munosabatda bo‘lmayman. Ammo bu hafta uni yana jamoa bilan birga ko‘rish juda yoqimli bo‘ldi. Bu borada juda optimistik kayfiyatdaman.

Markus — juda yaxshi futbolchi. Agar faoliyatingiz 10 yoki 15 yil davom etsa, ba’zi paytlarda ishlar boshqa yo‘nalishga o‘zgarib ketishi mumkin. Bu — oddiy holat, bo‘lib turadi. Ko‘tarilishlar ham, pasayishlar ham bo‘ladi va bu har doim ham bir kishining qaroriga bog‘liq emas. Bunday holatlar uchraydi. Ammo hozir biz jamoa sifatida ijobiy holatdamiz va Markus bizga ko‘p narsa bera oladi.

U buni allaqachon amalga oshirgan va yana takrorlay oladi. Shuning uchun bu juda quvonarli. U jamoaga yangi narsalar olib kiradi»
, — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi nashr.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar