Mikki van de Ven «Tottenhem» bilan shartnomasini uzaytirdi.
London klubi niderlandiyalik himoyachi bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
De Telegraaf ma'lumotiga koʻra, futbolchining ushbu muddat davomidagi umumiy maoshi 75 million yevroni tashkil qiladi.
Avvalroq 25 yoshli himoyachiga «Barselona» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Van de Ven oʻtgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 35 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgangan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
«Tottenhem» van de Ven bilan shartnomani uzaytirdi
Futbol
10 avgust, 17:18
Niderlandiyalik himoyachi yangi shartnoma boʻyicha yaxshigina maosh oladi.
Foto: Tottenham Hotspur