«Mash’al» yana bir transferini e’lon qildi.
«Muhammadbobur Mo‘ydinov endi «Mash’al» sharafini himoya qiladi. 2004 yil 3 yanvarda tug‘ilgan futbolchi o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida o‘ynaydi, shuningdek, markaziy himoyada ham harakat qila oladi», — deb yozadi muborakliklar matbuot xizmati.
Mo‘ydinovning avvalgi jamoalari «Metallurg» va «Navbahor» bo‘lgan. U 2025 yilgi Superliga bahslarida «Navbahor» safida maydonga tushib, jumladan, «Mash’al»ga qarshi uchrashuvda ham ishtirok etgan. 2026 yilgi mavsumning birinchi qismini esa Proliga vakili «Metallurg» safida o‘tkazgan
Muhammadbobur Mo‘ydinov «Mash’al»ga o‘tdi
Futbol
10 avgust, 15:19
22 yoshli himoyachi yana Superligada o‘ynaydi.
Foto: FC Metallurg