Live
1
O'zbek

Simeone: "Grizmannning 'Atletiko' tarixidagi o'rnini to'liq anglab yetganimiz yo'q"

Futbol
10 avgust, 14:50
Madrid klubi ustoz jamoani tark etgan fransiyalik hujumchi haqida iliq fikrlar bildirdi.
Simeone: "Grizmannning 'Atletiko' tarixidagi o'rnini to'liq anglab yetganimiz yo'q"
Simeone: "Grizmannning 'Atletiko' tarixidagi o'rnini to'liq anglab yetganimiz yo'q"

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Antuan Grizmann haqida iliq fikrlar bildirdi.

Bu yozda fransiyalik hujumchi Madrid klubini tark etib, MLSda ishtirok etuvchi "Orlando Siti"ga o'tgandi.

"Qizlarim — uning farzandlari bilan do'st. Antuanning xarakteri va hech birimiz hech qachon chegaradan o'tmaganimiz tufayli o'rtamizda doimo ajoyib munosabatlar bo'lgan. Chunki chegaradan o'tsang, ortga qaytishning iloji qolmaydi. Men daho bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'ldim. U haqida gapirish men uchun yoqimli.

Dastlab unga oson bo'lmadi. Bilbaodagi o'sha o'yinga qadar yarim yil davomida qiyinchiliklarga duch keldi. "Barselona"dan qaytganidan so'ng muxlislar unga nisbatan talabchan bo'lishdi, chunki ular futbolchilarning klubga sodiqligini namoyish etishini istashardi. U o'z iste'dodi tufayli gollari bilan bizni xursand qilishda davom etdi. Biz hali ham Antuanning "Atletiko" tarixidagi o'rnini to'liq anglab yetganimiz yo'q",
— dedi Simeone France Football nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar