O‘zbekiston milliy jamoasi a'zosi Behruz Karimov faoliyatini Shveytsariyada davom ettiradi.
«Lugano» klubi 19 yoshga to‘lgan himoyachining transferini e'lon qildi. Namanganlik futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, Karimov bunga qadar Termizning «Surxon» jamoasida o‘ynagan. U Jahon chempionatidagi ishonchli harakatlari orqali Yevropa klublari e'tiboriga tushdi.
Behruzning yangi jamoasi «Lugano» o‘tgan mavsumda Shveytsariya chempionatida 3-o‘rinni egallagan. Bu mavsumda esa 3 ta turda 9 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi