Bugun
8
O'zbek

«Paxtakor» Eron milliy jamoasi futbolchisi Murtazo Puraliganji transferini e'lon qildi

Futbol
10 avgust, 05:05
Futbolchi toshkentliklar safiga «Persepolis»dan erkin agent maqomida kelib qo'shildi.
«Paxtakor» Eron milliy jamoasi futbolchisi Murtazo Puraliganji transferini e'lon qildi
Foto: Getty Images

Eron milliy jamoasi a'zosi Murtazo Puraliganji «Paxtakor» futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Eronlik tajribali himoyachi jamoamiz bilan yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. 34 yoshli himoyachi faoliyati davomida Eronning «Naft» va «Persepolis», Xitoyning «Tianjin» va «Shenzhen», Qatarning «As Sadd» va «Al Arabi», Belgiyaing «Yupen» klublarida o'ynagan. Klublar safida u 300 ga yaqin o'yinlarda maydonga tushgan.

Eron milliy jamoasi safida Murtazo 54 bahsda 3 gol muallifiga aylangan. U 2018 va 2022 yildagi jahon chempionati final bosqichlarida asosiy futbolchi sifatida ishtirok etgan. Qayd etish lozim, Puraliganji jamoamizga «Persepolis»dan erkin agent maqomida kelib qo'shildi.

Biz Puraliganji o'zining boy tajribasi va ishonchli o'yinlari bilan jamoamizga yordam berishiga ishonamiz.

«Paxtakor»ga xush kelibsan, Murtazo», — deyiladi xabarda. Avvalroq Iroq milliy jamoasi hujumchisi Ayman Husayn «sherlar» bilan shartnoma imzolagani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar