Iroq milliy jamoasi hujumchisi Ayman Husayn "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30 yoshli futbolchi "sherlar" bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
Faoliyatida davomida u Iroqning "Duxok", "Naft", "Shorta", "Al Quwa Javiya", "Karma", Tunisning "Sfaksiyen", Qatarning "Umm Salal", "Markiya", "Al Xor", "Al Vaqra", BAAning "Al Jazira" va Marokashning "Raja Atletik" klublari safida o'ynagan. Klublari safida chempionat o'yinlarida 120 gol urgan. Iroq milliy jamoasi tarkibida 34 to'p kiritgan