«Barselona» klubi darvozaboni Mark-Andre ter Stegenning Amsterdamning «Ayaks» jamoasiga o'tishi seshanba kuni rasmiy e'lon qilinadi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko'ra, germaniyalik 34 yoshli kiper yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan. U ijara asosida jamoada bir mavsum o'ynaydi.
Kelishuv shartlariga ko'ra, «Ayaks» futbolchining maoshining 10 foizini to'laydi, qolgan qismi esa shartnoma muddati davomida «Barselona» tomonidan qoplanadi.
Ma'lumot uchun, bu ter Stegenning ketma-ket ikkinchi ijarasi bo'ladi. U 2026 yilning yanvarida «Jirona»ga o'tgan, ammo son orqa mushagidagi jarohat tufayli atigi ikki uchrashuvda maydonga tushgan.