Live
3
O'zbek

"PSJ" Godts transferi bo'yicha "Ayaks"ga ilk taklifni yubordi

Futbol
2 avgust, 12:10
Avvalroq «Ayaks» dastlab Godtsni 60 mln yevroga baholagan edi.
"PSJ" Godts transferi bo'yicha "Ayaks"ga ilk taklifni yubordi
Фото: Getty Images

«PSJ» klubi «Ayaks» vingeri Mika Godtsni o'z safiga qo'shib olishga yaqinlashdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Fransiya klubi belgiyalik 21 yoshli futbolchi bo'yicha amsterdamliklarga rasmiy taklif yuborgan.

Manbaga ko'ra, «PSJ»ning boshlang'ich taklifi 40 mln yevrodan oshadi, bonuslarni hisobga olganda bitimning umumiy summasi 45 mln yevro atrofini tashkil etishi mumkin.

Avvalroq «Ayaks» dastlab Godtsni 60 mln yevroga baholagan edi, biroq klublar o'rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda o'tmoqda.

Godts 2023 yildan beri «Ayaks» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u 113 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urg'an va 27 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Ayaks Ayaks
Bugungi yangiliklar