«Milan»ning marhum afsonaviy sobiq sardori Franko Barezi sharafiga «San Siro»dagi mashhur tribunlardan birini qayta nomlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda derbyderbyderby.it xabar berdi.
Gap «rossoneri» muxlislari harakatining eng radikal qismi joylashadigan Curva Sud tribunasi haqida ketmoqda. «Milan» prezidenti Jerri Kardinale Barezining vafotidan chuqur iztirobga tushgan va bu rejani qo'llab-quvvatlamoqda.
Shuningdek, u sobiq sardorning dafn marosimida ishtirok etishni rejalashtirgan. Milanliklar sobiq forvardi Zlatan Ibrohimovichning marosimda qatnashishi esa hozircha tasdiqlanmagan.
Eslatib o'tamiz, Franko Barezi 1978 yildan 1997 yilgacha «Milan» sharafini himoya qilgan.