"Al Hilol" klubi yozgi transfer vaqtida yana bir katta kelishuvni amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Globo nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Riyod klubi braziliyalik 29 yoshli hujumchi Malkomni transferga qo'yishga tayyor. Agar u jamoasini o'zgartirsa, klub uning o'rnini "Bornmut"ning 19 yoshli vingeri Rayan bilan to'ldirmoqchi. Muzokaralar yaqin haftalarda faollashishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Malkom "Al Hilol" bosh murabbiyi Simone Inzagining 2026/27 yilgi mavsum uchun rejalarga kiritilmagan.
Ma'lumot uchun, u Saudiya klubida 2023 yilning yozidan beri to'pib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.