«Galatasaroy» klubi «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olishga da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda Transfer News Live manbasi HT Spor nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Turkiya klubi portugaliyalik 31 yoshli futbolchining maosh bo‘yicha talablarini qondirishga tayyor. Hozirda Fernandesh «qizil iblislar» safida haftasiga taxminan 350 ming yevrodan ortiq maosh olmoqda.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi, ammo unda bitimni avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Transfermarkt portali Brununing transfer qiymatini 35 million yevroga baholashmoqda.