Live
5
O'zbek

«Galatasaroy» De Bryuynega ko‘z tikdi

Futbol
2 avgust, 08:56
Turk grandi belgiyalik yarimhimoyachi uchun «Napoli»ga rasmiy taklif tayyorlamoqda.
«Galatasaroy» De Bryuynega ko‘z tikdi
Foto: Getty Images

«Galatasaroy» «Napoli» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyneni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Insayder Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, Istanbul klubi belgiyalik futbolchiga jozibador moliyaviy shartlarga ega ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Shuningdek, «Galatasaroy» yaqin kunlarda transfer bo‘yicha «Napoli»ga ham rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Kevin De Bryuynening «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Avvalroq OAV «Galatasaroy» Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Aleksey Batrakov transferiga ham yaqin ekani, turk klubi futbolchi uchun 20 million yevrolik tovon pulini to‘lashga tayyorligi haqida xabar bergan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar