Live
6
O'zbek

“Arsenal” Nvaneriga narx belgiladi

Futbol
2 avgust, 10:07
“To'pchilar” o'z tarbiyalanuvchisini arzon narxda qo'yib yubormoqchi emas.
“Arsenal” Nvaneriga narx belgiladi
Фото: Getty Images

“Arsenal” klubi yarimhimoyachisi Itan Nvaneriga Yevropa grandlari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Times nashri ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, “Milan” va “Borussiya D” jamoalari 19 yoshli iqtidorli futbolchi uchun kurash olib bormoqda.

Shuningdek, “Everton”, “Fulhem” va “RB Leyptsig” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Biroq “to'pchilar” o'z tarbiyalanuvchisini arzon narxda qo'yib yubormoqchi emas. Klub Nwaneri uchun 50 million funt sterling talab qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Nvaneri London klubi asosiy jamoasi safida 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgani va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgani aytilmoqda. Transfermarkt futbolchini 35 million yevroga baholaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar