Live
4
O'zbek

"Barselona"ning "Preston"ga qarshi o‘rtoqlik bellashuvi bekor qilindi

Futbol
2 avgust, 11:08
Bunga ingliz klubining tarkibida muammolar yuzaga kelgan.
"Barselona"ning "Preston"ga qarshi o‘rtoqlik bellashuvi bekor qilindi
Фото: Getty Images

"Barselona" va "Preston" klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi.

Sport.es xabariga ko‘ra, "Preston" asosiy tarkibdan yetarlicha futbolchi yiġa olmagan va kataloniyaliklarga U-21 jamoasiga qarshi o‘ynashni taklif qilgan. Ammo "Barselona" bu taklifni rad etib, o‘yin o‘rniga to‘liq mashg‘ulot o‘tkazishga qaror qilgan.

Angliya klubining bunday qarorga kelishiga Angliya Kubogi doirasida "Xaddersfild"ga qarshi kutilayotgan o‘yin sabab bo‘lgani aytilmoqda.

"Preston" rasmiy uchrashuv oldidan asosiy jamoa futbolchilarini tavakkalga qo‘yishni istamagan. O‘rtoqlik o‘yini bekor qilinib, "Barselona" Ispaniyaga rejalashtirilganidan vaqtliroq qaytishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Preston Preston
Bugungi yangiliklar