Live
3
O'zbek

"Everton" Norgor transferi bo'yicha "Arsenal" bilan kelishuvga erishdi

Futbol
2 avgust, 11:53
Transfer summasi taxminan 8 million yevroni tashkil etadi.
"Everton" Norgor transferi bo'yicha "Arsenal" bilan kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images

"Everton" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Kristian Norgorni transfer qilish borasida printsipal kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, transfer summasi taxminan 8 million yevroni tashkil etadi. Agar bitim rasmiy yakunlansa, daniyalik 32 yoshli futbolchi kelasi hafta tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Agar kelishuv to'liq yakunlansa, Kristian "irislar"ning bu yozgi transferlar oynasidagi to'rtinchi yangi futbolchisi bo'ladi. Undan avval klub Heyden Hekni, Tayrik Jorj va Merlin Röl bilan shartnoma imzolagandi.

Ma'lumot uchun, Norgor o'tgan yozda "Brentford"dan 11 million yevro hamda bonuslar evaziga "Arsenal"ga o'tgan edi. O'tgan mavsum davomida u futbolchi barcha turnirlarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar