"Yuventus" klubi "PSJ" hujumchisi Randal Kolo Muanining transferini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, transferning asosiy qiymati 38 million yevroni tashkil etadi va ushbu mablag' to'rt moliyaviy yil davomida to'lab boriladi.
Shuningdek, kelishuvda 12 million yevrogacha bo'lgan bonuslar ham ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, 3,2 million yevro miqdorida qo'shimcha to'lovlar ham belgilangan.
Fransiyalik 27 yoshli hujumchi "zebralar" bilan 2031 yil yoziga qadar amal qiladigan mehnat shartnomasini imzoladi.
Qayd etish joiz, Kolo Muani 2025 yilning yanvaridan iyuliga qadar ham ijarada "Yuventus" safida to'p tepgan edi. U shu davrda 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urg'an va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi