Live
1
O'zbek

AZ PSVni tor-mor etib, Niderlandiya Superkubogini qo'lga kiritdi

Futbol
2 avgust, 14:40
Eyndxoven klubi o'yinni bir kishi kam holatda yakunladi.
AZ PSVni tor-mor etib, Niderlandiya Superkubogini qo'lga kiritdi
Фото: Getty Images

Niderlandiya Superkubi bahsida PSV va AZ o'zaro to'qnash keldi. Eyndxoven shahridagi «Filips» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda AZ raqibini 4:0 hisobida mag'lub etib, mavsumning ilk sovriniga ega chiqdi.

Bellashuvning 9-daqiqasida PSV yarimhimoyachi Yoey Verman qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 25-daqiqada hujumchi Meks Merdink hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar ustunligini yanada mustahkamladi: 51-daqiqada Uesli Patati ikkinchi golni urgan bo'lsa, 59-daqiqada himoyachi Elayja Deykstra hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. 66-daqiqada Dal penaltini aniq amalga oshirib, bellashuvdagi yakuniy nuqtani qo'ydi — 4:0.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda PSV Niderlandiya chempioniga aylangan bo'lsa, AZ mamlakat Kubogi sohibi bo'ldi.

Niderlandiya Superkubogi
PSV – AZ 0:4
Gollar:
Merdink 25, Patati 51, Deykstra 59, Dal 66 penalti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • PSV PSV
  • AZ Alkmar AZ Alkmar
  • Niderlandiya Superkubogi Niderlandiya Superkubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar