Live
1
O'zbek

Sergey Tokov: «Futbolchilar ruhiy bosimni yenga olishmadi»

Eksklyuziv
2 avgust, 15:06
«Xorazm» ustozining yirik hisobdagi mag'lubiyatiga izoh berdi.
Sergey Tokov: «Futbolchilar ruhiy bosimni yenga olishmadi»
Фото: Tribuna.uz
02.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Navbahor Namangan Navbahor Namangan 5 : 1 Xorazm Xorazm

«Navbahor» klubi nihoyatda Namanganga qaytdi. Superliganing 15-turida mezbonlar «Xorazm»ni qabul qildi. Qiziqarli o'tgan uchrashuv gollarga boy bo'ldi va unda mezbonlar 5:1 hisobida raqibini mag'lubiyatga uchratdi.

O'yindan so'ng urganchliklar ustozisi Sergey Tokov matbuot anjumanida mag'lubiyat sabablari xususida gapirdi.

- Sergey Sultanovich, avvalo bugungi o'yin haqida fikrlaringizni bildirsangiz.

- «Navbahor»ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun muxlislar jamoaga juda katta yordam berishdi. Jamoamizning o'yiniga kelsak, vazifani uddalay olmadik, shekillik. Himoyada juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Endi bu xatolarni tahlil qilamiz, ular ustida ishlaymiz. Hozircha aytadigan gapim shu.

- Sizningcha, birinchi o'tkazib yuborilgan gol jamoangizning ruhiyatiga salbiy ta'sir qildimi?

- Yo'q, nega endi? Albatta, gol o'tkazib yuborish yoqimli emas. Lekin undan oldin bizning ham ikkita yaxshi imkoniyatimiz bo'ldi. Avval bir vaziyatdan foydalana olmadik, keyin yana bir imkoniyatni boy berdik. Ehtimol, bu ham o'yinning borishiga o'z ta'sirini o'tkazgandir. Baribir futbolchilar professional bo'lishi kerak. Menimcha, Namanganda o'ynab, gol o'tkazib yuborgandan keyin jamoa ruhiy jihatdan sinib qolmasligi lozim. Balki ayrim futbolchilarimiz uchun safarda ilk bor to'la stadion qarshisida o'ynash bo'lgandir. Ruhiy bosimni yenga olishmadi. Chunki bugun, yana takrorlayman, himoyada juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Hattoki juda oddiy, bolalarcha xatolar ham ko'p bo'ldi», - deya bosh murabbiyning so'zlaridan keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Xorazm Xorazm
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar