Live
1
O'zbek

Taverniega Fransiyaning ikki klubi qiziqish bildirmoqda

Futbol
2 avgust, 15:38
Jeyms "Lids" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Taverniega Fransiyaning ikki klubi qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

"Reynjers"ning sobiq himoyachisi Jeyms Tavernie faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ayni vaqtda erkin agent maqomiga ega bo'lgan tajribali futbolchiga "Parij" hamda "Nitssa" klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Taverniening o'zi ham Fransiyaga ko'chib o'tish variantini ijobiy baholayotgani aytilmoqda.

Jeyms "Lids" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015–2026 yillar davomida "Reynjers" sharafini himoya qildi.

Shu vaqt ichida u Shotlandiya grandi safida barcha turnirlarda 565 ta uchrashuv o'tkazib, 144 ta gol urdi va 148 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nice Nice
Bugungi yangiliklar