Superliga 15-turida «Navbahor» Namanganda «Xorazm» klubini qabul qilib, 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu g'alabadan so'ng «lochinlar» turnir jadvalida 25 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. OKMK hisobida ham xuddi shuncha ochko bor va ular qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga 4-pog'onada.
Bu bellashuvda Husayn Norchaev to'rtta gol urib, poker qayd etdi. Oxirgi marta «Paxtakor»da o'ynayotgan vaqtda Dragan Cheran buni uddalagan edi. 2022 yil serbiyalik forvard «Qizilqum» darvozasiga to'rtta gol urgandi.
Namangan jamoasi safida esa oxirgi marta ukrainalik hujumchi Ruslan Kachur 12 yil avval «Buxoro» darvozasiga bir o'yinda to'rt bor gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Ma'lumot uchun, Norchaev ham faoliyatida ilk bor bunday natijaga erishdi. Hujumchi jarohat sabab mavsumning dastlabki qismini o'tkazib yuborgan edi. Ortda qolgan 4 ta o'yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Superligada 4 yillik tanaffusdan so'ng poker qayd etildi
Futbol
2 avgust, 15:29
«Navbahor» safida Husayn Norchaev to'rtta gol urib, poker qayd etdi.
Фото: Навбаҳор ПФК
02.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Navbahor Namangan
5
:
1
Xorazm