Live
4
O'zbek

Ronalduning to‘yi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum

Futbol
2 avgust, 05:20
To‘y marosimi Krishtianu tug‘ilib o‘sgan Madeyra orolida o‘tkaziladi.
Ronalduning to‘yi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum
Foto: Cristiano Ronaldo (Instagram profile)

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigezning to‘yi 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqida The Sun xabar berdi.

Juftlik Ronaldu o‘zi tug‘ilib o‘sgan Madeyra orolida oila quradi. To‘y marosimi Funshal soborida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng tadbir besh yulduzli mehmonxonada davom etadi.

«Mehmonxona mehmonlariga juma va shanba kunlari ikki qavat, shuningdek, bir nechta bar hududi yopilishi haqida ma’lum qilingan», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu va Jorjina 2016 yilda tanishishgan va ko‘p o‘tmay munosabatlarni boshlagan. Ular hozirda besh nafar farzandni tarbiyalamoqda, Rodrigez ularning ikki nafarini dunyoga keltirgan.

Avvalroq Ronaldu Ramushning to‘y marosimida ishtirok etmagani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Al Nassr Al Nassr
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar