Live
4
O'zbek

Ronaldu Ramushning to'y marosimida ishtirok etmadi

Futbol
28 iyul, 01:00
Krishitanu bu qarori ijtimoiy tarmoqlarda qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi.
Ronaldu Ramushning to'y marosimida ishtirok etmadi
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi futbolchilari hujumchi Gonsalu Ramushning to'y marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Portugaliyaning Flash nashri xabar berdi.

E'tiborli jihati shundaki, marosimda hujumchi Krishitanu Ronaldu qatnashmagan. Uning bu qarori ijtimoiy tarmoqlarda qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi.

Qayd etilishicha, Krishitanu sevgilisi Jorjina bilan shu yozda turmush qurishi kutilmoqda. Biroq to'yning aniq sanasi hozircha sir saqlanmoqda.

Gonsalu Ramush va Margarida Dominges esa Portugaliyada, hujumchi tug'ilgan joy yaqinida nikohdan o'tishdi. Marosim ularning bir yoshli o'g'li Bernardo ko'z o'ngida bo'lib o'tdi.

Kuyov tomonidan guvoh sifatida Ramushning bolalikdangi do'sti Joau Nevesh qatnashdi. Ular shu yozga qadar «PSJ»da birga to'p tepishgandi. Yangi mavsumdan boshlab esa Ramush «Milan» safida o'ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar