Live
7
O'zbek

Infantino FIFAdagi faoliyatidan keyin yiliga 30 million dollar maosh olmoqchi bo‘lgani aytildi

Futbol
2 avgust, 07:37
FIFA prezidenti yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan tuzilmaga rahbarlik qilishni ko‘zlagan.
Infantino FIFAdagi faoliyatidan keyin yiliga 30 million dollar maosh olmoqchi bo‘lgani aytildi
Foto: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino prezidentlik muddati yakunlangach, FIFA Forward Enterprise (FFE) nomli yangi tashkilotga komissar sifatida rahbarlik qilishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi.

The Times bosh muxbiri Martin Ziglerning xabariga ko‘ra, Infantino ushbu lavozimda yiliga 30 million AQSH dollari miqdorida asosiy maosh olishi kerak edi. Bu summaga turli bonuslar kiritilmagan.

FFE FIFAning tijorat faoliyati va yirik musobaqalar, jumladan Jahon chempionatini tashkil etish huquqlarini o‘zida birlashtirishi rejalashtirilgan edi. Shuningdek, ushbu kompaniya ulushining bir qismini xususiy investorlarga sotish ham ko‘zda tutilgandi.

Biroq loyiha futbol rahbarlari, konfederatsiyalar va boshqa manfaatdor tomonlarning keskin noroziligiga uchradi. Boykot tahdidlari va FIFA ichidagi kelishmovchiliklardan so‘ng tashabbus bekor qilindi.

Avvalroq OAV Infantinoning ushbu reja orqali shaxsan o‘zi ham o‘nlab million funt sterling daromad olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Shuningdek, loyiha yuzasidan AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga yaqin shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazilgani ham ma’lum qilingan.

Bugungi yangiliklar