Live
5
O'zbek

«Inter» Kertis Jons uchun 35 million yevro taklif qildi

Futbol
2 avgust, 09:00
«Liverpul» yarimhimoyachini kamida 40 million yevroga baholamoqda.
«Inter» Kertis Jons uchun 35 million yevro taklif qildi
Foto: Getty Images

Milanning «Inter» klubi «Liverpul» yarimhimoyachisi Kertis Jonsni transfer qilish uchun 35 million yevrolik taklif bilan chiqdi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, mersisaydliklar 25 yoshli futbolchini 40 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborishni istamayapti.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» avvalroq «Inter»ning 25,4 million yevrolik taklifini ham rad etgan. Endi Italiya klubi yangi, yaxshilangan taklif tayyorlagan.

Ma’lumot uchun, Kertis Jons o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 35 million yevroga baholaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar