Live
5
O'zbek

«Chelsi» Skalvini uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
2 avgust, 09:15
Italiya milliy jamoasi himoyachisiga APLning yana ikki klubi ham qiziqmoqda.
«Chelsi» Skalvini uchun kurashga qo‘shildi
Foto: Getty Images

«Chelsi» «Atalanta» himoyachisi Jorjo Skalvinini transfer qilish bo‘yicha jiddiy harakatlarni boshladi.

Goal.com xabariga ko‘ra, London klubi 22 yoshli italiyalik futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlarini o‘rganmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Atalanta» o‘z tarbiyalanuvchisini 48,7 million yevroga baholagan va ushbu summadan past takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas.

O‘tgan mavsum Skalvini barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, u mavsum davomida 2 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» bu transfer uchun yagona da’vogar emas. «Nyukasl» ham futbolchi vakillari bilan aloqa o‘rnatgan, «Tottenhem» esa vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atalanta Atalanta
  • Italiya Italiya
  • Chelsi Chelsi
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar