Live
6
O'zbek

Uelbek: «Chelsi» taklifini qabul qilish men uchun katta sharaf»

Futbol
2 avgust, 10:12
Danni yangi klubi bilan 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Uelbek: «Chelsi» taklifini qabul qilish men uchun katta sharaf»
Фото: Chelsea FC

«Chelsi» klubi hujumchi Denni Uelbekni o'z safiga qo'shib oldi. Angliyalik 35 yoshli futbolchi «ko'klar» bilan shartnoma imzolaganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

«Chelsi» kabi buyuk klubdan taklif olish men uchun katta sharaf. Bu boy tarixga va har mavsum sovrinlar uchun kurashadigan jamoa. Men aynan hozir ushbu loyihaning bir qismiga aylanganimdan juda xursandman. Jamoadagi bir nechta futbolchilar va bosh murabbiy bilan tanishishga ulgurdim. Suhbatlar juda iliq o'tdi va o'zimni darhol jamoaning bir qismi sifatida his qildim. Menda hali ham g'alaba qozonish va yuqori saviyada o'ynash istagi juda katta. Jamoa muvaffaqiyati uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman», — deya Uelbekning so'zlaridan keltiradi klub rasmiy sayti.

Ma'lumot uchun, Danni faoliyati davomida «Manchester Yunayted» va «Arsenal» kabi Angliyaning yetakchi klublarida ham to'p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar