Live
6
O'zbek

Jahongir O'rozov «Rubin»da yillik 450 ming yevro maosh oladi — Sport24

Futbol
2 avgust, 07:46
22 yoshli himoyachi «Dinamo»dan sotib olish sharti bilan «Rubin»ga o'tmoqda.
Jahongir O'rozov «Rubin»da yillik 450 ming yevro maosh oladi — Sport24
Фото: ЎФА

O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O'rozov faoliyatini Rossiya Premer-ligasida davom ettiradi.

Sport24 nashrining ma'lum qilishicha, 22 yoshli futbolchi «Rubin»ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan.

Manbaga ko'ra, Qozon klubi va Samarqandning «Dinamo»si o'rtasidagi transferning barcha tafsilotlari kelishib olingan. O'rozov allaqachon «Rubin» futbolchisiga aylangan, jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlagan hamda navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda. Transfer rasman yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, o'zbekistonlik himoyachi Qozon klubiga 100 ming yevrolik pullik ijara asosida qo'shilmoqda. Shartnomada 700 ming yevroga sotib olish imkoniyati ham nazarda tutilgan. Biroq ushbu band faqat O'rozov bu mavsumda «Rubin»ning rasmiy o'yinlarining kamida 50 foizida ishtirok etgan taqdirdagina kuchga kiradi.

«Mazkur transfer futbolchi uchun moliyaviy jihatdan ham katta qadam bo'ladi. O'rozov Samarqandning «Dinamo» klubida oyiga taxminan 8 ming dollar (yiliga qariyb 96 ming dollar) maosh olar edi. «Rubin» bilan tuzilgan yangi shartnomaga ko'ra esa u bir mavsum uchun 450 ming yevro ishlab topadi», - deyiladi rus sayti xabarida.

Shu tariqa, futbolchining yillik daromadi avvalgi maoshiga nisbatan to'rt baravardan ham ko'proq oshadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rubin Qozon Rubin Qozon
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar