Live
1
O'zbek

"Rubin" Urozovni "Dinamo"dan 100 ming yevro evaziga ijaraga oladi — manba

Futbol
30 iyul, 02:10
Shartnomada futbolchini 700 ming yevro evaziga to'liq sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan.
"Rubin" Urozovni "Dinamo"dan 100 ming yevro evaziga ijaraga oladi — manba
Foto: FC Dinamo

O‘zbekiston milliy jamoasi va Samarqandning "Dinamo" klubi himoyachisi Jahongir Urozov "Rubin"ga ko‘chib o‘tmoqda. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov xabar berdi.

Qozon klubi 22 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha "Dinamo"dan 100 ming yevro evaziga ijaraga oladi. Shuningdek, shartnomada futbolchini 700 ming yevro evaziga to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.

Ma'lum qilinishicha, chap oyog‘da o‘ynaydigan markaziy himoyachi bugun, 30-iyul kuni kechasi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Qozon shahriga yo‘l oladi. Avvalroq Abramov Urozov masalasida qanday kelishuvga erishilishini kutayotganini haqida gapirib o‘tgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • Rubin Qozon Rubin Qozon
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar