Live
7
O'zbek

Superliga. «Dinamo» «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etib, ketma-ket to'rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Futbol
29 iyul, 12:59
14-tur yakuniy bahsida samarqandliklar 3:2 hisobida zafar quchdi.
Superliga. «Dinamo» «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etib, ketma-ket to'rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Foto: Dinamo FK
29.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand 3 : 2 Qo'qon-1912 Qo'qon-1912

O‘zbekiston Superligasi 14-turining so‘nggi bahsida «Dinamo» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Hisobni 2-daqiqada Javohir Husanov Egor Kondratyukning uzatmasidan so‘ng ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Anvar Xojimirzaev muvozanatni tikladi. 29-daqiqada esa u penaltini aniq amalga oshirib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Qodirqulov 69-daqiqada hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Silvanus Nimeli «Qo‘qon-1912»ning ikkinchi golini urdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng «Dinamo» ochkolarini 20 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarildi. Samarqandliklar shu tariqa ketma-ket to'rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Qo‘qon-1912» esa 11 ochko bilan 15-o‘rinda qoldi.

Shu tariqa, Superligada 14-tur bahslari yakuniga yetdi.

Superliga. 14-tur
Dinamo - Qo‘qon-1912 3:2
Gollar:
Javohir Husanov 2 (0:1), Anvar Xojimirzaev 6 (1:1), Anvar Xojimirzaev 29, pen. (2:1), Sanjar Qodirqulov 69 (3:1), Silvanus Nimeli 71 (3:2).
Ogohlantirishlar: Nurillo To‘xtasinov 47, Tigran Avanesyan 65, Shohruh Gadoyev 73.

Dinamo: Edem Nemanov, Artyom Radayev (Jahongir O‘rozov, 61), Mixail Shtefan, Anvar Xojimirzaev, Tigran Avanesyan (Behruzbek Oblaqulov, 67), Jaloliddin Jumaboyev, Jahongirbek Abdusalomov (Sanjar Qodirqulov, 61), Oybek O‘rmonjonov, Marko Stanoevich, Xaris Xaydarevich (Nurillo To‘xtasinov, 46), Firdavs Abdurahmonov.
Qo‘qon-1912: Rustam Nartajiyev, Asliddin Toshtemirov, Alisher Salimov (Shohruh Gadoyev, 57), Javohir Sidiqov, Shota Gvazava, Javohir Husanov (Toma Tabatadze, 66), Ibrohim Yo‘ldoshev (Andro Giorgadze, 77), Shahzod Akramov, Iqboljon Malikjonov, G‘ulom-Haydar G‘ulomov (Muhammadanas Hasanov, 57), Egor Kondratyuk (Silvanus Nimeli, 57).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar