«Tottenhem»ning sobiq himoyachisi Tobi Alderveyreld jamoaning so‘nggi mavsumlardagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida fikr bildirdi.
talkSPORT xabariga ko‘ra, belgiyalik sobiq futbolchi hozirgi tarkibda klub uchun fidoyilik yetishmayotganini ta’kidladi.
«Biz o‘ynagan paytda klub gerbi uchun maydonga tushayotganimizdan faxrlanardik. Juda ko‘p mehnat qilardik va klub uchun borimizni berardik. Ba’zida hozirgi futbolchilarda aynan shuni ko‘rmayapman. So‘nggi ikki yil og‘riq keltirdi va men katta farqni ko‘ryapman. O‘tgan mavsumning takrorlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», — dedi Alderveyreld.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 17-o‘rinni egallab, elitada qolishni so‘nggi pallalarda ta’minlagan edi. Jamoa yangi mavsumni 22 avgust kuni safarda «Brentford»ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi