Superliga peshqadami bo'lib turgan "Neftchi" uch nafar yarimhimoyachisini ma'lum muddatlarga yo'qotdi.
"Afsuski, so'nggi bahslar jamoamiz uchun nafaqat natija, balki jarohatlar bilan ham yodda qolmoqda. Hozirda bir nechta futbolchimiz tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.
Abrorbek Ismoilov "Buxoro"ga qarshi bahsda o'ng qovurg'asidan jarohat oldi. Tibbiy tekshiruvlar xulosasiga ko'ra, yarimhimoyachimiz taxminan bir oy davomida davolanish va tiklanish jarayonida bo'ladi.
Asilbek Jumayev "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvda o'ng tizzasidan jarohat olganiga qaramay, haqiqiy xarakter namoyish etib, "Navbahor"ga qarshi vodiya derbisida ham jamoasiga yordam berish uchun maydonga tushdi. Tibbiy xulosaga ko'ra: o'ng tizza bo'g'imi va sonning pastki qismi lat yegan; o'ng tizza bo'g'imida posttravmatik gemartroz aniqlangan. Zarur tibbiy muolajalar amalga oshirildi, MRT tekshiruvi tayinlandi. Futbolchimizning taxminiy tiklanish muddati 7–10 kun davom etadi.
Yovan Jokich esa "Navbahor"ga qarshi uchrashuv oldidan chigalyozdi mashg'ulotlari vaqtida avvalgi o'ng axill payi jarohatini qayta his qildi. Jiddiy tekshiruvlardan so'ng axill payidagi muammo jarrohlik yo'li bilan davolanishi belgilandi.
Tajribali legionerimiz yaqin kunlarda Yevropada jarrohlik amaliyotini o'taydi. Rejaga ko'ra, u 3-4 oy davom etadigan tiklanish jarayonidan so'ng mashg'ulotlarga qaytadi.
"Neftchi" PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoa a'zolari va ko'p sonli muxlislarimiz nomidan jarohat olgan futbolchilarimizga tezroq sog'ayib, maydonga yanada kuchliroq holatda qaytishlarini tilaymiz.
Biz bir oilamiz. Har qanday sinovdan ham birgalikda o'tamiz. Sog'ayib qayting, yigitlar!" — deyiladi klub xabarida.
"Neftchi"da jarohatlar: klub Jokich, Ismoilov va Jumayevning qancha vaqtga safdan chiqqanini ma'lum qildi
Futbol
29 iyul, 09:50
Superliga peshqadami yarimhimoyada jiddiy yo'qotishlarga uchradi.
Foto: Neftchi PFC
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi