Live
2
O'zbek

Ro'ziqul Berdiyev: "Raqib jamoalarning ko‘pchiligi bizga qarshi durangni o‘ylab o‘yin qurishyapti"

Eksklyuziv
28 iyul, 16:17
"Nasaf" bosh murabbiyi "Qizilqum" ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
Ro'ziqul Berdiyev: "Raqib jamoalarning ko‘pchiligi bizga qarshi durangni o‘ylab o‘yin qurishyapti"
Фото: Насаф ПФК
28.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi 1 : 0 Qizilqum Qizilqum

Superliganing 14-turi davom ettirildi. Qarshida "Nasaf" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuvda maydon egalari yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. Mazkur o‘yin yakuniga yetganidan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- G‘alabaga munosib edik. Bu o‘yin bilan yutmasak bo‘lmasdi. Chunki o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Shoshilishmadi, hujumlarda ham sabr qilib kutishdi. Bu juda muhim edi. Shoshilganimizda pala-partishliklar kelib chiqishi mumkin edi. Oxirigacha kurashdik va haqli g‘alabaga erishdik. Raqib jamoalarning ko‘pchiligi bizga qarshi durangni o‘ylab o‘yin qurishyapti. Ko‘pchilik bo‘lib himoyada o‘ynashyapti va qarshi hujumda yurishini kutyapti. Bir-ikkita bo‘lmasa agar qarshi hujumlarga ham imkoniyat bermadik. Yaratilgan imkoniyatlardan qaysidir vaziyatlarda raqib darvozaboni yaxshi harakat qildi. Balki o‘zimizda sovuqqonlik yetishmagandir. O‘yin tarafdan ham, imkoniyatlar yaratishda ham, o‘yin nazorati bo‘yicha ham har taraflama ustunlik biz tomonda edi.

- Sharof Muhitdinov maydonga tushganidan keyin o‘yin ancha kuchaydi. Nega uni o‘yin boshidan maydonga tushirmadingiz?

- Ikkita o‘yinda to‘liq imkoniyat berganimiz sababli uni keyingi uchrashuvga tayyorlash uchun Sharofga biroz dam berishga qaror qilgandik. Yaqinda yana o‘yin o‘tkazamiz va bu uchrashuvlarga u albatta yordam beradi.

- "Nasaf" jarima maydoni ichiga yaxshi kirib boradi. Lekin oxirgi zarbani beradigan o‘yinchi topilmayapti? Futbolchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonch yo‘qdek.

- Bu ishonchsizlik emas, sovuqqonlik yo‘qligidan. Jarima maydoni ichida yoki atrofida sovuqqonroq harakat qilishimiz kerak bo‘ladi. Talab qilinadigan narsa shu. Bu haqida o‘yinchilarga ko‘p uqtiramiz. Lekin, baribir o‘yin jarayonida ozgina shoshqaloqlik qilishadi.

- Klublarda, ayniqsa, vodiya jamoalarida yutilgan o‘yinlar evaziga bonus pullari beriladi. "Nasaf"da qanday?

- Savolingizga javob bera olmayman. Bizda ham bo‘lardi. Futbolchilar bunaqa mehnati uchun mukofotlanardi. 90 daqiqa davomida puls 180 darajada ishlash og‘ir narsa. Har bir o‘yinda har bir jamoada g‘alaba uchun rag‘batlantirish bor. O‘ylaymanki, bizda ham bu narsalar amalga oshadi.

- Viloyat hokimi klubga 10 mlrd so‘m ajratibdi. Bundan xabaringiz bormi?

- Bilmayman, bu haqida eshitmadim, hech qaerda o‘qimadim, to‘g‘risi.

- "Nasaf" germaniyalik futbolchi bilan qiziqayotgani xususida xabar chiqdi. Shu rostmi?

- Mish-mish. Germaniyalik futbolchi qayerda o‘ynarkan?

- Markaziy hujumchi.

- Saudiyani birinchi ligasida o‘ynaganmi?

- Germaniyada va U21 jamoasida o‘ynagani to‘g‘risida ma'lumotlar bor.
- Hozir familiyasini eslay olmaymanu, lekin biz Saudiyani birinchi ligasida o‘ynagan nemis futbolchisiga qiziqish bildirgandik. Lekin talabi juda yuqori ekan. Biz imkoniyat yaratib bera olmadik va bu amalga oshmadi. Hozirgi ahvolimizda kimgadir katta taklif berishga imkoniyatimiz yo‘q. Cho‘ntagimizga qarab kimnidir olishimiz mumkin.

- "Mash'al" Qashqadaryo jamoasi. Lekin ularda legionerlari ko‘p. Demak, legionerlarini oladigan mablag‘lari mahalliy o‘yinchilarinikidan ko‘p farq qilmaydimi?

- "Mash'al" bilan bitta viloyatmizu, biroq ikkita homiyga egamiz. O‘zlarini homiysi bor, o‘zlarini rahbariyati bor. Ular qanday sharoit va takliflarga ko‘ra jalb qilishyapti, men bilmayman va bunga javob bera olmayman", - deya Ro‘ziqul Sa'dullaevichni fikrlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Qizilqum Qizilqum
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar