Live
6
O'zbek

Anvar G'ofurov: «Yutmoqchi bo'lsak, vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi»

Eksklyuziv
28 iyul, 14:33
«Surxon» bosh murabbiyi «Xorazm»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Anvar G'ofurov: «Yutmoqchi bo'lsak, vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi»
Фото: Сурхон ПФК
28.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Xorazm Xorazm 1 : 0 Surxon Surxon

«Xorazm» hamda «Surxon» jamoalari o'rtasidagi o'yin taqdirini birgina gol hal qildi va u bu mezbonlar tomonidan kiritildi. Natijada termizliklar safardan quruq qo'l bilan qaytadigan bo'lishdi.

Uchrashuvdan keyin «Surxon» bosh murabbiyi Anvar G'ofurov matbuot anjumanida mag'lubiyat sababini quyidagicha izohladi:

- «Xorazm»ga ham, bizga ham ochkolar juda zarurligini bilgan edik. Oson o'yin bo'lmasligi aniq edi. Ular ham bizning o'yinlarimizni ko'rib tayyorgarlik ko'rishgani bilindi. Yetarli vaziyatlar yaratdik. Darvozamiz oldida ham yetarli vaziyatlar yaratildi. Yutmoqchi bo'lsak, unumli foydalanishimiz kerak edi. Kamchiliklarimiz bor. Baribir yigitlar borini berishdi. Ular har bir uchrashuvda borini berib harakat qilishlari kerak. Shu taraflama menga ham ma'qul bo'ldi. O'yin sifatini ham u qadar yomon deb aytib bo'lmaydi. Qo'shadigan joylarimiz bor, shularni ustida ishlaymiz. Kelasi o'yinlarda yanada yaxshiroq bo'lishga harakat qilamiz.

- Oldinda turgan o'yinlar uchun rejalar qanday?

- «Qo'qon-1912» bilan o'yinimiz bor. Shu uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. U yerda ham oson o'yin bo'lmaydi. Bu jamoa bilan tanishamiz va o'zimizning yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Ko'proq imkoniyatlar yaratib, unumli foydalanishga harakat qilamiz.

- Ikkala jamoada ham ko'p imkoniyatlar yaratildi. Lekin «Xorazm» o'z imkoniyatidan foydalanib ketdi. Raqib jamoa haqida nima deya olasiz?

- Yaxshi futbolchilar va yaxshi murabbiylar shtabidan iborat jamoa. O'z yo'nalishida harakat qilyapti. Ularga omad tilayman. Bizga ham omad kerak. Yaxshi o'yinlar ko'rsatib g'alabalar qo'lga kiritish bizga ham, ularga ham nasib qilsin», - deya Anvar G'ofurovning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorazm Xorazm
  • Surxon Surxon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar