«Manchester Yunayted» klubi Paragvay milliy jamoasi va «San-Lorenso» darvozaboni Orlando Xilni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RTI Esporte xabar berdi.
Manbaga koʻra, «qizil iblislar» futbolchini sotib olish boʻyicha harakatlarini faollashtirgan. Angliya klubi Orlando Xilning JCH-2026dagi ishonchli oʻyinidan katta taassurot olgan.
Xilning «San-Lorenso» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil dekabriga qadar moʻljallangan. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, uning bozor qiymati 7,5 million evroni tashkil etadi.
Bu mavsumda Orlando «San-Lorenso» safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi.