«Yuventus» «Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzeni ijaraga olish bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga kirdi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 25 yoshli niderlandiyalik hujumchi yangi mavsumni Turin klubi safida o'tkazadi. Shuningdek, «Yuventus» futbolchini taxminan 20 million yevro evaziga to'liq sotib olish huquqiga ham ega bo'ladi.
Qayd etish lozim, Joshua 2024 yil iyul oyidan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Angliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq «qizil iblislar» Zirkze uchun narx belgilagani ma'lum qilingandi.