Live
3
O'zbek

«MYu» Zirkze uchun narx belgiladi

Futbol
20 dekabr, 05:27
Ingliz klubi niderlandiyalik hujumchini qishda 45 mln yevroga sotishga tayyor.
«MYu» Zirkze uchun narx belgiladi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkze bilan qishda xayrlashishi mumkin. Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «qizil iblislar» 24 yoshli futbolchini 45 million yevroga baholagan.

Manbada ta'kidlanishicha, Zirkze xizmatlariga «Roma» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Biroq rimliklar futbolchini faqat sotib olish huquqisiz ijara asosida tarkibga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. «Manchester Yunayted»ni esa bunday variant qoniqtirmayapti.

Joshua Zirkze joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo'lgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Bugungi yangiliklar