Ispaniya milliy jamoasi va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri belini operatsiya qildirdi. Endi futbolchiga tiklanish uchun qisqa muddat kerak bo‘ladi — u 16-avgustga belgilangan Angliya Superkubogi uchun «Arsenal»ga qarshi o‘yinga safga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Rodri ma’lum vaqt davomida belida noqulaylik his qilgan va muammoni bartaraf etish maqsadida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
2025/2026-yilgi mavsumda xavbek «shaharliklar» safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Milliy jamoa safida u jahon chempionati-2026 oltin medallarini qo‘lga kiritdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
Avvalroq, OAV futbolchi Ispaniyaga qaytish niyatida ekanligi va «Real» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishib olgani haqida xabar bergandi.