«Barselona» bir necha oy avval «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande transferi imkoniyatini o‘rgangan, biroq kelishuv amalga oshmagan.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Germaniya klubi bilan bog‘langan, ammo «RB Leypsig» futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ talab qilgan.
Shundan so‘ng «Barselona» transferdan voz kechib, asosiy e’tiborni Entoni Gordonni o‘z safiga qo‘shishga qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning «Real» klubi Yan Diomande transferi bo‘yicha «RB Leypsig» bilan 100 million yevrodan ortiq summaga kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.