Argentina milliy jamoasi himoyachisi Lisandro Martines Jahon chempionati finalidan keyingi taqdirlash marosimida futbolchilarning Ispaniyaga orqa o‘girib turgani haqidagi tanqidlarga javob berdi.
Ole xabariga ko‘ra, Martines argentinaliklar raqibga hurmatsizlik qilmaganini ta’kidladi.
«Menda turli xil his-tuyg‘ular bor. Bizga nisbatan nafrat mutlaqo asossiz. Jamoadoshlarim maydonda qanday kurashganini, muxlislarimiz esa bizni o‘z uyimizdagidek qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rdim. Bizni takabbur deyishadi, ammo bu ko‘proq shunday fikr bildirayotganlar haqida gapiradi. Biz har doim raqiblarimizni hurmat qilganmiz.
Biz Ispaniya futbolchilari va murabbiylar shtabining barchasi bilan salomlashdik. Agar kimdir biz ularga orqa o‘girgan deb o‘ylagan bo‘lsa, bu muxlislarimiz tomonga qaraganimiz uchun edi. Bu ularga bo‘lgan hurmatimiz ramzi edi», — dedi Martines.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentina milliy jamoasi Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda Ferran Torresning goli evaziga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.