Argentinalik futbolchi Lionel Messi o'z yurtida ko'rinish berdi. Bu haqda Diario Olé xabar berdi.
«Inter Mayami» vakili 2026 yilgi jahon chempionati finalidagi mag'lubiyatdan so'ng «Leonesa» va «Sentral Kordoba» o'rtasidagi uchrashuvni (0:2) stadiondan turib kuzatdi.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli hujumchi 2026 yilgi jahon chempionatida 8 ta gol urib, 4 ta assist amalga oshirdi. Argentina milliy jamoasi esa musobaqada finalgacha yetib bordi.
Hal qiluvchi bahsda «kumushrang o'lka» vakillari Ispaniyaga qo'shimcha bo'limlarda o'tkazib yuborilgan yagona gol evaziga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi