Bugun
11
O'zbek

Paredes: «Mundial payti va undan keyingi gaplarni eshitib, aqldan ozish mumkin. Ispaniya — haqli chempion»

Futbol
24 iyul, 06:01
Argentina yarimhimoyachisi jamoa ajoyib 8 yilni o'tkazganini aytdi.
Paredes: «Mundial payti va undan keyingi gaplarni eshitib, aqldan ozish mumkin. Ispaniya — haqli chempion»
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Leandro Paredes JCH-2026 final bahsi atrofidagi fitna nazariyalari haqida fikr bildirdi.

Hal qiluvchi o'yinda «albiseleste» qo'shimcha bo'limlarda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

«Men eshitayotgan gaplarga asoslansak, aqldan ozish mumkin. Mundialdan oldin, chempionat davomida va undan keyin aytilgan barcha gaplar...

Menimcha, biz ajoyib jahon chempionatini o'tkazdik.

Finalda Ispaniya Argentinadan kuchliroq edi. Bu — haqli g'olib.

Hozir biz qila oladigan yagona ish — qilgan mehnatimizdan va sakkiz yil davomida erishgan yutuqlarimizdan zavqlanish. Bu juda ta'sirli.

Bu natijalarning bir qismi bo'lganimdan mamnunman. Vaqt o'tishi bilan biz buni yanada yaxshiroq anglaymiz, chunki bu ishonib bo'lmaydigan darajada ajoyib»,
— dedi 32 yoshli futbolchi «Boka Xuniors»ning «O’Higgins»ga (1:0) qarshi Kopa Sudamerikadagi o'yinidan keyin. Ushbu bahsda Leandro bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar