Jermeyn Defo Angliyaning beshinchi divizionida ishtirok etuvchi "Uoking" jamoasi bosh murabbiyligini tark etdi.
Mutaxassis ushbu lavozimga aprel oyida tayinlangan va unda atigi to'rt oy ishladi.
Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi o'tgan mavsumda jamoa bilan 6 ta o'yin o'tkazdi: 2 ta g'alaba, 3 ta durang va 1 ta mag'lubiyat.
"Yaqinda o'tkazilgan muzokaralardan so'ng shuni tasdiqlay olamanki, o'zaro kelishuv asosida "Uoking" bosh murabbiyi lavozimini tark etyapman.
Afsuski, yuzaga kelgan holatlar bu lavozimda faoliyatimni davom ettirishimni imkonsiz qildi", — deb yozdi Defo.
Defo 4 oylik faoliyatdan so'ng "Uoking" bosh murabbiyligini tark etdi
Futbol
24 iyul, 03:40
Sobiq hujumchi uning ishni davom ettira olmasligiga ayrim holatlar sabab bo'lganini yozdi.
Foto: Getty Images