Bugun
11
O'zbek

Myuller JCHda hakamlarning Messiga yon bosishiga ishora qildi

Futbol
24 iyul, 02:50
Germaniyalik sobiq yarimhimoyachi 2010 yildagi o'zaro o'yinni esladi.
Myuller JCHda hakamlarning Messiga yon bosishiga ishora qildi
Foto: Getty Images

Germaniya milliy jamoasi va «Bavariya» klubining sobiq yarimhimoyachisi Tomas Myuller hakamlar jahon chempionatlari davomida doimo Lionel Messiga yon bosganiga ishora qildi. U bunga misol sifatida 2010 yildagi Jahon chempionatining chorakfinalidagi Germaniya va Argentina o'rtasidagi (4:0) bahsni keltirdi.

«Biz Argentinaga qarshi o'yinda hisobda oldinda edik. Leo Messi esa mening yonimda turgandi. To'p mayzadan sakrab, qo'limga tegdi. Hakam darhol menga sariq kartochka ko'rsatdi. Menimcha, buning sababi Leoning yonimda turgani edi. Xuddi u hakamga: «Biz allaqachon 0:1 hisobida yutqazyapmiz. Iltimos, hech bo'lmasa ozroq yordam bering», deb ishora qilayotgandek tuyuldi», — dedi Myuller Goal nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, aynan o'sha sariq kartochka tufayli Myuller Jahon chempionatining Ispaniyaga (0:1) qarshi yarimfinal bahsini o'tkazib yuborgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Germaniya Germaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar