Bugun
35
O'zbek

Skaloni: "Hakami sabab emas, Ispaniya kuchliligi uchun yutqazdik"

Futbol
22 iyul, 09:34
Argentina bosh murabbiyi finaldagi mag'lubiyat haqqoniy bo'lgani haqida gapirdi.
Skaloni: "Hakami sabab emas, Ispaniya kuchliligi uchun yutqazdik"
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoasining JCH-2026 finalida Ispaniyaga (0:1) mag'lub bo'lishiga hakamlik sabab bo'lgani haqidagi fikrlarga qo'shilmadi.

Bellashuvning 90+3-daqiqasida bosh hakam Slavko Vinchich Ispaniya himoyachisi Pau Kubarsi bilan to'qnashuvdan so'ng argentinaliklar yarimhimoyachisi Enso Fernandesga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, maydondan chetlatgandi.

"Yo'q, biz Ispaniya kuchliroq bo'lgani uchun yutqazdik. Ular yaxshiroq o'ynaganini tan olishimiz kerak. Biz yaxshi o'yin ko'rsata olmadik — haqiqat shu. Ba'zan buni tan olish ham foydali.

Shubhasiz, bu tajriba bizni yanada kuchliroq qiladi",
— deya Skalonining so'zlarini keltiradi Infobae.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

110+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar