Live
2
O'zbek

Gavi 68,5 kg, Ruis esa 84,5 kg pomidor bilan taqdirlandi

Futbol
22 iyul, 05:50
Sevilyalik futbolchilar Jahon chempionatidagi g‘alaba sharafiga an’anaviy tarzda taqdirlanishdi.
Gavi 68,5 kg, Ruis esa 84,5 kg pomidor bilan taqdirlandi
Foto: Getty Images

Fabian Ruis va Gaviga Ispaniya milliy jamoasining JCH-2026dagi g‘alabasi munosabati bilan pomidor sovg‘a qilindi.

Jahon chempionlari o‘zlarining tug‘ilgan shahri — Sevilya yaqinida joylashgan va pomidor yetishtirishi bilan mashhur Los-Palasios va Vilyafranka shahrida tantanali kutib olindi. Mahalliy an’anaga ko‘ra, sportchilarga o‘z vazniga teng miqdorda pomidor berildi.

Gaviga 68,5 kg, Fabian Ruisga esa 84,5 kg pomidor topshirildi.

Tantanali marosimda Los-Palasios va Vilyafrankadan chiqqan yana bir jahon chempioni Xesus Navas ham ishtirok etdi. Futbolchilar birgalikda esdalik suratiga tushishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Ispaniya Yevropa chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng ham xuddi shu an’anaga amal qilingandi. O‘shanda Xesus Navasga 64,7 kg, Fabian Ruisga esa 83,2 kg pomidor sovg‘a qilingan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar