Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Rodrini "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun favorit deb hisoblamoqda.
30 yoshli yarimhimoyachi Ispaniya milliy jamoasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
"Manchester City" a'zosi 2024 yilda ham "Oltin to'p" sohibi bo'lgandi.
"U - "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogar. Rodri ushbu Jahon chempionatida Ispaniya milliy jamoasining eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi va bu "Oltin to'p" uchun kurashda juda katta ahamiyatga ega. U sovrinni yana bir bor qo'lga kiritishi mumkin", — deya Ronaldoning so'zlarini keltiradi AS.
Ronaldo: "Rodri - "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogar"
Futbol
22 iyul, 11:18
Braziliyalik sobiq hujumchining fikricha, ispaniyalik yarimhimoyachi yana jahonning eng yaxshi o'yinchisiga aylanadi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi